Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiya milliy assambleyasi 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni ma’qulladi

Fransiya milliy assambleyasi 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni ma’qulladi

Fransiya milliy assambleyasi internetdagi tazyiq va o‘smirlarning psixik sog‘lig‘iga bo‘lgan xavflar ortishi munosabati bilan 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun tashabbusini ma’qulladi.

Qonun loyihasi 15 yoshdan kichik shaxslar uchun ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn platformalardagi «ijtimoiy tarmoq funksiyalaridan» foydalanishni taqiqlaydi.

Deputatlar tashabbusni ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi — 116 nafar “qo‘llab”, 23 nafar “qarshi”. Keyinroq loyiha Senatda ko‘rib chiqiladi va so‘ng quyi palatada umumiy ovoz berish jarayonida tasdiqlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:03. O'qildi: 164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!