Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda aerobar loyihasini amalga oshirishi mumkin

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda aerobar loyihasini amalga oshirishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Fransiyaning "Aerophile groupe" kompaniyasi prezidenti Jerom Giakomoni bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi havo shari va aerobar loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Kompaniya prezidenti O‘zbekistonda havo shari va aerobar loyihasini samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.

"Kompaniyasi tomonidan Fransiya, AQSH, Germaniya, Ispaniya, Polsha, Buyuk Britaniya, Vengriya, Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya, Xitoy, Tailand, Kambodja, Vyetnam, Iordaniya, Iroq, Tunis, Gruziya, Meksika, Braziliya, va boshqa turizm industriyasi rivojlangan davlatlarda mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Aerobar loyihasi O‘zbekiston uchun qiziqarli va muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonchim komil", - dedi Jerom Giakomoni.
Kiritildi: 02:01 20.01.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!