Fransiya OAV xabarlariga ko‘ra, olov Bordodan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunes shaharni evakuasiya qilish ehtimolini istisno etmadi, u aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish rejasini ishlab chiqishga topshiriq berdi. "Bizning vazifamiz sirtdan barcha vaziyatlarni nazarda tutish", — dedi u Le Monde gazetasiga.
Hokimiyat ushbu yong‘inni "muqaddam kuzatilmagan" deb atamoqda. Hozirda olovga qarshi 1200 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi kurash olib bormoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 24 iyul kuni Yevroittifoqdan yordam so‘radi, hamda hozirgacha 22 ming gektar yerni vayron qilgan yong‘inlarni o‘chirish uchun Fransiya armiyasini safarbar qilishga topshiriq berdi.
Evrokomissiya Fransiyaga uchta va vayronkor o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat joriy etilgan Ispaniyaga to‘rtta Canadair samolyot-amfibiyasini yuborishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, joylarda yong‘inni o‘chirish ishlarini muvofiqlashtirishga yordam berish uchun ikkala mamlakat Yevropaning Copernicus Yer resurslarini kuzatish dasturining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bilan ta’minlanadi.