Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya G‘azo sektoridagi qochqinlarni qabul qilish dasturini vaqtincha to‘xtatdi

Fransiya G‘azo sektoridagi qochqinlarni qabul qilish dasturini vaqtincha to‘xtatdi

Fransiya hukumati G‘azo sektoridagi falastinlik migrantlarni qabul qilish dasturini vaqtincha to‘xtatdi. Bu qaror falastinlik talabaning antisemitik qarashlari jamiyatda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lganidan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Fransiyaning Yevropa ishlari va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri Jan-Noel Barroning aytishicha, hozircha hech qanday evakuasiya ishlari olib borilmayapti.

“Biz tergov natijalariga muvofiq tegishli xulosalar chiqarmaguncha, hech qanday evakuasiya bo‘lmaydi. Ilgariroq kelgan falastinliklar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi”, — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatga kirgan talabaning ijtimoiy tarmoqlardagi antisemitik chiqishlari o‘z vaqtida aniqlanmagani afsuslanarli holatdir. Vazir bu talabaning Fransiya hududida bo‘lishi mumkin emasligini bildirdi.

Fransiyaning Le Monde gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan buyon Fransiya G‘azo sektoridagi taxminan 500 nafar insonni evakuasiya qilgan. Ular orasida bolalar, jurnalistlar, talabalar va san’at namoyandalari bo‘lgan.

Antisemitik bayonotlari bilan tanilgan 25 yoshli falastinlik Nur A. – Lill shahridagi Sciences Po oliy o‘quv yurti talabasi. U Fransiya vizasini Quddusdagi Fransiya konsulligidan olgan. Biroq uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari oldindan tekshirilmagan. U o‘z sahifasida Adolf Gitlerning suratlarini joylab, yahudiylarga qarshi ochiq chaqiriqlar qilgan.

2023 yili Nur A. Fransiya Madaniyat vazirligi tomonidan “Frankofoniya” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Sciences Po Lill instituti direktori uni o‘z shaxsiy xonadonda qabul qilgan.

Kiritildi: 20:30 02.08.2025. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!