Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya futbolida yangi rekord: «PSJ» «Lion»ning 20 yillik natijasini yangiladi

Fransiya futbolida yangi rekord: «PSJ» «Lion»ning 20 yillik natijasini yangiladi

Fransiyaning «PSJ» klubi yana bir bor «Liverpul»ni mag‘lub etdi va ushbu nufuzli turnirning yarim finaliga chiqib, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Shuningdek, «PSJ» ushbu musobaqada Fransiya klublari uchun yangi rekord o‘rnatdi.

Gap shundaki, ushbu bahs «PSJ» uchun Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi mag‘lubiyatsiz kechayotgan ketma-ket to‘qqizinchi o‘yin bo‘ldi. Bu Fransiya futboli uchun yangi rekorddir — parijliklar «Lion»ning yigirma yil davomida yangilanmay kelgan seriyasidan bitta o‘yinga o‘zib ketishdi.

2004 yilning aprelidan 2006 yilning martiga qadar «to‘quvchilar» Yevropaning eng nufuzli klublar turniri pley-off bosqichida ketma-ket sakkizta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilishmagan edi.

Kiritildi: Bugun 09:27. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!