Bu haqda Politico nnashri mamlakatning harbiy rejalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Parij 2030 yilgacha dronlar flotini keskin kengaytirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, AASM Hammer boshqariladigan aviabombalar zaxirasini 240 foizga, Aster va Mica raketalarini esa 30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Fransiyaning harbiy xarajatlari 76,3 milliard yevrogacha ko‘tarilishi kerak, deyiladi maqolada.
Ushbu chora-tadbirlar mamlakatni "harbiy iqtisodiyot" rejimiga tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, bunga o‘n yillikning oxiriga borib Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyat xavfi va AQSh siyosatidagi noaniqliklar sabab bo‘lmoqda.
Fransiya siyosatchilari o‘rtasida harbiy byudjetni oshirish zarurligi borasida umumiy yakdillik mavjud bo‘lsa-da, ekspertlarning fikricha, 2027 yilgi saylovlardan so‘ng prezident Makronning vorisi bu rejalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin, deb yozadi nashr.