Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya chempionatida mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Fransiya chempionatida mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Fransiya professional futbolchilar milliy uyushmasi (UNFP) tomonidan 2024/2025 yilgi Liga 1 mavsumining ramziy jamoasi e’lon qilindi.

Ushbu ramziy jamoada eng ko‘p futbolchi «PSJ» jamoasidan joy olgan. Parijliklardan to‘qqiz nafar futbolchi jamoaga kiritilgan. Shuningdek, «Lion» va «Lill» jamoalaridan ham bittadan futbolchi jamoaga kiritildi.

2024/2025 yilgi Liga 1 mavsumining ramziy jamoasi:

Darvozabon: Lyuka Shevalye («Lill»).

Himoyachilar: Ashraf Hakimiy, Markinyos, Vilyam Pacho, Nunu Mendesh (hammasi — «PSJ»).

Yarim himoyachilar: Joau Nevesh, Vitinya (ikkalasi ham — «PSJ»), Rayan Sherki («Lion»).

Hujumchilar: Usmon Dembele, Bredli Barkola, Dezire Due (hammasi — «PSJ»).

Shuningdek, «PSJ» hujumchisi Usman Dembele Liga 1’ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Parij klubining yana bir hujumchisi Dezire Due mavsumning eng katta umidi sifatida e’tirof etildi. «Lill» darvozaboni Lyuka Shevalye esa eng yaxshi darvozabon deb tan olindi. «PSJ» murabbiyi Luis Enrike eng yaxshi murabbiy deb topildi, xorijdagi eng yaxshi fransuz futbolchisi sifatida esa «Real»da to‘p surayotgan Kilian Mbappe tan olindi.

Kiritildi: 17:54 12.05.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!