Fransiya qonunchilari payshanba kuni Bosh vazir Fransua Bayruga ishonchsizlik bildirish taklifiga qarshi ovoz berishdi.
Mamlakat Milliy assambleyasi (parlamenti) spikeri Yael Bron-Pive e’lon qilgan natijalarga ko‘ra, ovoz berishni atigi 131 deputat qo‘llab-quvvatlagan, bu esa talab qilingan 289 nafardan sezilarli darajada kamdir.
Bu 2024 yil 23 dekabrda Fransua Bayru hukumati tuzilganidan beri unga nisbatan birinchi ishonchsizlik votumidir.