Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya AQShdan keyin Ukraina resurslariga kirish istagini e’lon qildi

Fransiya AQShdan keyin Ukraina resurslariga kirish istagini e’lon qildi

Fransiya Ukrainaning tabiiy resurslariga katta qiziqish bildirgan va o‘tgan yilning oktyabr oyidan buyon ulardan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu aytib o‘tib, prezident Emmanuyel Makron unga bu masala bilan shug‘ullanish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ta’kidladi.

Oq uyda Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasidagi shov-shuvli kelishmovchilik Ukraina va AQSh o‘rtasida mineral resurslarni Amerika xavfsizlik kafolatlari evaziga almashishi kerak bo‘lgan kelishuv imzolanishini izdan chiqardi. Biroq, Fransiya hozir o‘z sa’y-harakatlarini kuchaytirdi.

"Bu holatda, pulimizni qaytarib olish haqida emas, balki mudofaa sanoati ehtiyojlari haqida", - deb tushuntirdi Lekornu.


World Mining Data tadqiqotiga ko‘ra, Ukraina dunyodagi mineral zaxiralarning taxminan 5 foiziga ega, ammo ularning hammasi ham o‘zlashtirilmayapti. Mamlakatda mudofaa va texnologiya sanoatida foydalaniladigan marganets, uran, grafit va temir rudalari zaxiralari mavjud. Tabiiy resurslarning umumiy qiymati 14 trillion yevrodan ortiqni tashkil etadi, uning 60% ko‘mirdir.

Kiritildi: 14:32 04.03.2025. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!