Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

France Football «Super Oltin to‘p»ni qaytarish ustida bosh qotirmoqda

France Football «Super Oltin to‘p»ni qaytarish ustida bosh qotirmoqda

France Football jurnali «Super Oltin to‘p» sovrinini topshirish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Touchline nashri xabar berdi.

Ushbu mukofot so‘nggi 30 yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Sovrin 2029 yilda — birinchi marta topshirilganidan roppa-rosa 40 yil o‘tib o‘z egasiga topshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1989 yilda «Super Oltin to‘p»ni «Real»ning sobiq futbolchisi Alfredo Di Stefano qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda u ovoz berish jarayonida Yoxan Kroyf va Mishel Platinini ortda qoldirgan.

Kiritildi: 15:54 08.03.2026. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!