Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Foto: Xorazmda gaz muammosidan qiynalgan ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Foto: Xorazmda gaz muammosidan qiynalgan ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Xorazm viloyatining Shovot tmunidagi Chig‘atoyqal’a qishlog‘ining Navro‘z mahallasida yashovchi bir guruh aholi shu yil 9 dekabr kuni gaz muammosidan noroziliklarini bildirish uchun magistral yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda "Xabar.uz" xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hudud 2015 yildan beri gazdan uzib qo‘yilgan va hozirgi kunda xatto gaz ballonlari ham o‘sha yerlarga yetib bormayapti. Bundan norozi bo‘lgan aholi esa yo‘lni to‘sgan. Ularning aksariyati ayollar bo‘lgan. Voqea joyiga tuman hokimi X.Otaxonov yetib borib aholi bilan muzokara olib borgan. Uning natijasida 105 xonadonni suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Kiritildi: 10:32 11.12.2019. O'qildi: 3025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!