Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi Isroilning Qatarga hujumiga munosabat bildirdi

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi Isroilning Qatarga hujumiga munosabat bildirdi

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar Dohada bo‘lib o‘tgan tashkilot Oliy kengashining favqulodda yig‘ilishida Isroilning Qatarga uyushtirgan hujumini qoralagan yakuniy bayonotni qabul qildi.

Bu haqda Kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, Isroilning agressiyasi mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka bevosita tahdid solmoqda. Kengash umumiy harbiy qo‘mondonlikka birgalikda mudofaa mexanizmlarini faollashtirish va tahdidlarni baholash va jamoaviy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mamlakatlar, shuningdek, Qatarning kelajakdagi javobini to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

"Barcha arab va islom davlatlariga qarshi hujumga aylangan ushbu tajovuzga qarshi Qatar davlati bilan to‘liq birdamlik yana bir bor tasdiqlanadi. Biz Qatarni o‘z suverenitetini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Isroil hujumiga javob berish uchun ko‘rayotgan barcha qadam va choralarda qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz", deyiladi matnda.

Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi davlatlari xalqaro hamjamiyatni tajovuzni oldini olish va tinch aholini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: 08:50 16.09.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!