Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fors ko‘rfazi davlatlari «Arab shengeni» vizasini joriy qilmoqchi

Fors ko‘rfazi davlatlari «Arab shengeni» vizasini joriy qilmoqchi

Fors ko‘rfazi davlatlari uchun yagona sayyohlik vizasi rasman tasdiqlanadi va yaqin orada joriy etiladi. Bu haqda BAA Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Tuk Al-Marriy ma’lum qildi, deb yozdi Khaleej Times.

Evropaning Shengen vizasiga monand umumiy viza chet ellik sayyohlarga 6 ta davlat: BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Ummon va Kuvaytga bitta hujjat bilan kirish imkonini beradi. Bu yangilik, mutaxassislarning fikricha, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan mintaqa turizm sanoati uchun muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Yagona vizaning joriy etilishi bilan qo‘shmaqsadli – ishbilarmonlik va dam olish uchun mo‘ljallangan sayohatlarning ommabopligi oshishi kutilmoqda. Sayyohlar nafaqat biznes masalalarini hal qilishi, balki qo‘shni davlatlarni ham kashf etishi mumkin, bu esa sayohatlarni yanada qizg‘in va qiziqarli qiladi.

Kiritildi: 23:25 23.06.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!