Ferrari sharafini himoya qilayotgan britaniyalik Lyuis Xemilton va monegasklik Sharl Lekler Formula-1 bo‘yicha jahon chempionatining Xitoy Gran-prisidagi poygadan so‘ng diskvalifikasiya qilindi.
Bu haqda poyga matbuot xizmati xabar berdi.
Lekler mashinasining vazni 1 kg kam bo‘lgani uchun, Xemilton esa skidkaning haddan tashqari eskirgani uchun diskvalifikasiya qilindi. Fransiyalik Pyer Gasli (Alpin) ham mashina vazni yetarli emasligi uchun diskvalifikasiya qilindi. Lekler 5, Xemilton 6, Gasli 11-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi va unda avstraliyalik McLaren piloti Oskar Piastri g‘alaba qozondi.