Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Forbes Uzbekistan o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Forbes Uzbekistan o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Forbes Uzbekistan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Spot’ning ma’lum qilishicha, sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari avgust oxirlarida yangilanishdan to‘xtagan, sentyabrda esa shtat tarqatib yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Forbes Uzbekistan tahririyati o‘z hamkorlarini sentyabr boshida elektron va bosma nashrlari ishi muzlatilgani to‘g‘risida xabardor qilgan. Biroq hozircha bu borada rasmiy ma’lumot yo‘q.

Forbes Kazakhstan nashriga egalik qiluvchi qozoq biznesmeni Armanjan Baytasovga tegishli kompaniya O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklashi mumkin, chunki mazkur huquq va Forbes Uzbekistan hamon unga tegishli.

O‘zbekistonda Forbes jurnali jop etilishi to‘g‘risida 2019 yilning dekabrida ma’lum bo‘lgandi. 2020 yilning martida esa «Forbes.uz» elektron versiyasi ish boshlagan.

Armanjan Baytasovning so‘zlariga ko‘ra, bosma nashrni aprel oyida chiqarish rejalashtirilgan, biroq bunga koronavirus pandemiyasi xalaqit berib qolgan. Keyinroq nashrning ilk sonini chop etish yozga ko‘chirilgan. Ammo Forbes Uzbekistan’ning bosma versiyasi yozda ham chiqmadi. Loyihaning muzlatilishiga moliyalashtirish masalalari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Kiritildi: 17:05 17.10.2020. O'qildi: 2318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!