Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Fon der Lyayen va Zelenskiy uchrashuvida moliyalashtirish masalasi keskin muhokama qilindi

Fon der Lyayen va Zelenskiy uchrashuvida moliyalashtirish masalasi keskin muhokama qilindi

Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Nyu-Yorkdagi uchrashuvi Kiyevni moliyalashtirish masalalari sabab ancha keskin ruhda o‘tdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi vakillari Ukrainaga keyingi mablag‘larni ajratishni Kiyevning zarur qonunlarni qabul qilishdagi taraqqiyoti bilan bog‘lagan. Gap yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq tushumlarini oshirish va Ukraina qonunchiligini YEI me’yorlariga moslashtirish haqida bormoqda.

Kiyev esa, o‘z navbatida, yordamni tezlashtirishni so‘ragan. Bunga Ukraina mudofaa byudjetidagi 27 milliard dollarlik mablag‘ yetishmovchiligi sabab bo‘lmoqda.

Muzokaralardan so‘ng fon der Lyayen ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qo‘shimcha mudofaa yordamini olishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi byudjet moliyalashtirishi Oliy Radada islohotlarning qay darajada ilgarilashiga bog‘liq bo‘ladi.

Fon der Lyayen, shuningdek, joriy yil oxirigacha Yevropa Ittifoqi ixtiyorida Ukrainaga yordam berish uchun 37 milliard yevro mablag‘ qolganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:31 23.09.2026. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!