Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fojia! Erkak o‘z ota-onasini o‘ldirdi, sababi esa...

Fojia! Erkak o‘z ota-onasini o‘ldirdi, sababi esa...

Sankt-Peterburgda polisiya ota-onasini o‘ldirishda gumon qilingan kishini ushladi, deb xabar beradi Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati markaziy ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

"Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy okrugi polisiyasi ota-onasini o‘ldirgan odamni ushladi", - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, qotillik 25 mart kuni sodir bo‘lgan.

"Aniqlanishicha, kechki soat 8 larda Qozon ko‘chasidagi 20-uyda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ishsiz erkak to‘satdan janjallashib, 1969 yilda tug‘ilgan onasini pichoqlab o‘ldirgan, shuningdek, otasiga bir necha marta pichoq solgan. Jabrlanuvchi tez yordam mashinasida vafot etgan", deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchi milisiya bo‘limiga olib borilgan.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, gumondor xavfsizlik xizmatida ishlagan, uzoq vaqt davomida psixiatr nazoratida bshlgan, o‘zini "Xare Krishna" deb hisoblaydi va qotillikning sababi haqida so‘ralganida, u ota-onasini azob-uqubatlardan saqlamoqchi ekanligini aytgan.

Kiritildi: 15:25 26.03.2020. O'qildi: 4000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!