Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Floyd Meyvezer va Menni Pakyao revansh jangi o‘tkazilishi mumkin

Floyd Meyvezer va Menni Pakyao revansh jangi o‘tkazilishi mumkin

Agar shu hafta oxirida Menni Pakyao WBC chempionlik kamari uchun jangda Mario Barriosni mag‘lub etsa, uning keyingi raqibi 48 yoshli Floyd Meyvezer bo‘lishi mumkin.

Bu haqda sport jurnalisti Lens Pagmayr amerikalik bokschining jamoasiga tayanib xabar berdi.

"Bugun Las-Vegasga Menni Pakyao jangini yoritish uchun yetib kelganimda, Floyd Meyvezerning boks zaliga kirdim. U yerdagi odamlar Floyd jangga kelishi haqida aytishdi.

“Muzokaralar boshlangan. Agar Menni g‘alaba qozonsa, bu revansh milliardlab dollar turishi mumkin”, deyishdi», – deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqda.

Menni Pakyao to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng professional faoliyatini qayta tiklamoqda, Floyd Meyvezer esa 2017 yilda Konor MakGregorni o‘ninchi raundda texnik nokautga uchratganidan beri professional jang o‘tkazmagan.

Meyvezer va Pakyao o‘rtasidagi 2015 yil may oyidagi jang 4,6 milliondan ortiq pulli translyasiya sotuvi bilan tarixdagi eng daromadli jang sifatida qolmoqda.

Kiritildi: 22:46 16.07.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!