Bugun 26 iyun, 2024 yil, chorshanba

КИР

Floyd Meyvezer mafiya boshlig‘i nabirasiga qarshi revansh jangi anonsini e’lon qildi

Floyd Meyvezer mafiya boshlig‘i nabirasiga qarshi revansh jangi anonsini e’lon qildi

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Fleyd Meyvezer Jon Gotti III ga qarshi revansh jangida ishtirok etadi.

Meyvezer ushbu jang anonsini e’lon qildi. Unga ko‘ra jang 24 avgustga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer va Gotti III o‘rtasida jang 2023 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan edi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning to‘rtinchi raundida raqiblar o‘zaro tortishib ketdi. Oltinchi raundda Jon qoidalarni doimiy ravishda buzgani uchun diskvalifikasiya qilingan. Shundan so‘ng Gotti III hakamning to‘xta ishorasiga bo‘ysunmay Floydga hujum qilgan.

Meyvezerning jamoasi va Gottining vakillari ham janjalga aralashgan. Shundan so‘ng ommaviy mushtlashuv boshlangan. Hakam esa jangni o‘tkazilmagan deb topgandi.

Ma’lumot uchun, sobiq MMA jangchisi Jon Gotti III Nyu-York mafiyasining boshlig‘i bo‘lgan marhum Jon Gottining nabirasi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:26 17.06.2024. O'qildi: 2890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!