Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Floyd Meyvezer jurnalistdan 100 mln yevro talab qilmoqda

Floyd Meyvezer jurnalistdan 100 mln yevro talab qilmoqda

Besh vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer Business Insider jurnalisti Deniel Geyger ustidan sudga murojaat qildi. Da’vo AQShning Nyu York janubiy okrugi sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

48 yoshli sobiq chempionning ta’kidlashicha, jurnalist uning ko‘chmas mulk bozoridagi investisiyalari haqida bir nechta maqola e’lon qilgan bo‘lib, ular yolg‘on ma’lumotlarga asoslangan. Meyvezer bu materiallar orqali uning obro‘siga putur yetkazishni maqsad qilganini va unda irqiy hamda siyosiy jihatdan tarafkash ifodalar mavjudligini ta’kidlamoqda.

Sportchi ushbu xatti-harakatlar oqibatida jiddiy zarar ko‘rganini aytib, 100 million yevro miqdorida kompensasiya talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Floyd Meyvezer 2017 yilda boksdan ketib, professional faoliyatini 50 g‘alaba va 0 mag‘lubiyat bilan tamomlagan.

Kiritildi: 18:53 07.05.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!