Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Florentino Peresning shaxsan o‘zi Mourinyo nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Florentino Peresning shaxsan o‘zi Mourinyo nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Joze Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga qaytishi mumkin. Portugaliyaning Record nashri sahifalarida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, Madrid klubi prezidenti Florentino Peresning atrofidagilar Mourinyo nomzodini muhokama qilishmoqda va bu variant tobora ommalashib bormoqda.

Hozirda Joze Mourinyo «Benfika»ni boshqarmoqda. «The Special One» 2010–2013 yillarda «Real» boshqaruvida ishlagan edi. O‘shanda jamoa ancha qiziqarli futbol namoyish etgan — 2011 yilda «qaymoqranglilar» La Ligada 121 ta gol urgan holda chempionlikni qo‘lga kiritishgandi. Ushbu rekord hozirgacha yangilanmay kelmoqda.

Shu bilan birga, Record nashrining xabar berishicha, kelgusi haftada «Real» rahbariyati Alvaro Arbeloa bilan uchrashadi. Katta ehtimol bilan, murabbiy mavsum yakunlanganidan keyin o‘z lavozimini tark etadi.

Kiritildi: 23:44 18.04.2026. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!