Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Flik «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Flik «Barselona»dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Xans-Diter Flik katta ehtimol bilan «Barselona»ni boshqarishda davom etadi.

Catalunya Radio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis va Kataloniya klubi amaldagi shartnomani 2027/28 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Murabbiyning «ko‘k-anorranglilar» bilan hozirgi kelishuvi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Xans-Diter Flik 2024 yilning yozida «Barselona» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Uning qo‘l ostida Kataloniya jamoasi ikki bor Ispaniya Superkubogini, shuningdek, bir martadan Ispaniya Kubogi va La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Hozirda «Barselona» 31 turdan keyin 79 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» ikkinchi o‘rinda borayotgan «Real»ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!