Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Flik «Barsa» 2,5 million yevroga sotib olgan futbolchidan hayratda

Flik «Barsa» 2,5 million yevroga sotib olgan futbolchidan hayratda

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 20 yoshli hujumchi Runi Bardjining Ispaniya Superkubogi doirasida "Atletik"ka qarshi kechgan uchrashuvdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv "Barselona"ning yirik 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bardji bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

- Men Runi Bardjidan nihoyatda mamnunman. U yana har doimgidek ajoyib edi, men unga ishonaman" - deya Flikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Romanoning eslatishicha, shvedning xaridi "ko‘k-anorranglilar"ga 2,5 mln yevroga tushgan. Ayni damda futbolchining bozor narxi Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 19:27 08.01.2026. O'qildi: 4454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!