Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Fisoga suiqasd uyushtirgan shaxsning kimligi ma’lum qilindi

Fisoga suiqasd uyushtirgan shaxsning kimligi ma’lum qilindi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoga suiqasd “Progressiv Slovakiya” partiyasi tarafdori, 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula tomonidan amalga oshirilgan — OAV.

Sintula ijtimoiy tarmoqlarda Fisoga nisbatan nafratini bir necha bor ochiq izhor qilgan. “Progressiv Slovakiya” partiyasi suiqasdni keskin qoralab bayonot berdi.

Aktuality nashrining yozishicha, Sintula avval xususiy xavfsizlik kompaniyasida ishlagan va 2016 yilda Levisadagi savdo markazida unga hujum uyushtirilgan.

Fisoga suiqasd uyushtirishda gumon qilinuvchining o‘g‘li ommaviy axborot vositalariga otasida qonuniy ravishda egalik qiladigan qurol borligini aytdi. U, shuningdek, otasi ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi haqidagi ma’lumotni rad etadi.

"Fisoga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi hibsda, mazkur jinoiy ish Slovakiya Milliy jinoiy agentligi tomonidan tergov qilinmoqda", deyiladi mamlakat Ichki ishlar vazirligi bayonotida.

Kiritildi: 21:35 15.05.2024. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!