Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Firuz Allayev: “Non narxi oshgandan so‘ng qo‘shni Qozog‘iston bilan solishtirdim”

Firuz Allayev: “Non narxi oshgandan so‘ng qo‘shni Qozog‘iston bilan solishtirdim”

Ma’lumki, 15 oktyabrdan boshalb mamlakatimizda non narxi ko‘tarildi. Axolida bunga bo‘lgan fikr-mulohazalar tobora avj olmoqda. Xususan, bloger Firuz Allayev ham bu borada o‘z munosabatini bildirdi:

“Tahlilchilar, iqtisodiyotchilar, hatto oddiy fuqarolar ham bizni yaqin qo‘shni Qozog‘iston bilan solishtirishni yaxshi ko‘rishadi. Bugun non narxi oshgandan so‘ng qo‘shni Qozog‘iston bilan solishtirdim.

Qozog‘istonda ham bizga o‘xshab non narxi oshadi deb shov-shuv bo‘lgan va keyinchalik bu rad etilgan ekan. Hozirgi kunda Qozog‘istonda bir dona buxonka non narxi bizning pulda 1912 so‘m (76.5 tenge). Demak bizdan 512 so‘mga qimmat. O‘tgan yilda Qozog‘istonda 15.1 million gektar yerda 14.9 million tonna bug‘doy yetishtirilgan.

O‘zbekistonda o‘tgan yili 7 million tonna bug‘doy yetkazilgan. Qozog‘iston aholisi 18.5 million, O‘zbekiston aholisi 33 million. O‘zbekiston Qozog‘istondan ham bug‘doy va un import qiladi.

Lekin, Qozog‘istonda maoshlar O‘zbekistondagiga nisbatan kamida ikki marotaba ko‘p.

Demak, non narxi oshsa ham bizda non Qozog‘istondagidan arzon. Lekin, Qozog‘istonda maoshlar biznikidan ancha ko‘p. Buning ustiga Qozog‘iston aholisi bizning aholidan 1.8 marotaba kam, bug‘doy yetkazish hajmi 2.1 marotaba ko‘p.

Xulosa o‘zingizdan”,-deya tugallagan fikrini, deydi "darakchi.uz".

Kiritildi: 07:00 16.10.2019. O'qildi: 3249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!