Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Firibgarlik: Toshkentda erkak ayolga bergan va’dasini bajarmadi

A A A
Firibgarlik: Toshkentda erkak ayolga bergan va’dasini bajarmadi

Ichki ishlar organlariga xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 47 yoshli Ra’no YU. ariza bilan murojaat qildi. Arizada 29-sentyabr kuni u bilan narxi 8 000 AQSh dollari bo‘lgan 20 ta charim(teri)dan bo‘lgan kurtkalarni sotib olishni kelishgan 59 yoshli Abdulla U.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rar edi. Abdulla molni olib, pullarni 2-3 soatdan keyin olib kelib berish haqida va’dalashgan, ammo o‘z va’dasida turmagan.

Ushbu fakt asosida Abdulla U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 14:03 26.11.2019. O'qildi: 2161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik