Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov nomidan ochilgan soxta akkauntlar tarqalmoqda.
Shahar hokimligi matbuot xizmati hokim yoki mansabdorlar fuqarolarga shaxsiy tartibda xabar yubormasligini ma’lum qildi.
Fuqarolardan bunday akkauntlarga ishonmaslik va shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik so‘ralmoqda.