So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi kiberfiribgarlik ommalashmoqda.
Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, firibgarlar tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan telegramda soxta akkaunt ochgan holda fuqarolarga turli murojaatlar yuborilmoqda.
Bunda firibgarlar O‘zbekistondagi aloqa kompaniya raqamlaridan chiqqani ko‘ringani bilan, aslida ular xorijdan qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘ladi. Turli ma’lumotlarni ko‘rsatish orqali fuqarolardan yolg‘on sabablarni ko‘rsatib bank plastik kartasi raqamlariga ega bo‘lishmoqda va karta ichidagi pullarni yechib olishmoqda.
"Ogoh bo‘ling! Tizimdagi biror bir rahbar sizga telegram orqali murojaat qilmaydi hamda sizdan o‘z hisobingizdan pulni boshqa hisobga qo‘yishingizni, naqd ko‘rinishida kimgadir taqdim etishingizni so‘ramaydi", - deyiladi ogohlik xabarida.