Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Finlyandiyada keng ko‘lamli ish tashlash mamlakatga 360 million yevroga tushadi

A A A
Finlyandiyada keng ko‘lamli ish tashlash mamlakatga 360 million yevroga tushadi

Finlyandiyada 1 fevral kuni mehnat bozoridagi islohotlarga qarshi rejalashtirilgan kasaba uyushmalari ish tashlashi mamlakat hayotining deyarli barcha sohalariga ta’sir qiladi va iqtisodiyotga 360 million yevro zarar keltiradi.

Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Ish tashlashda 200 ming kishi ishtirok etish niyatida. Mamlakatdagi qator korxonalar ishi to‘xtaydi, chakana savdo do‘konlari va oziq-ovqat tarmoqlari yopiladi, jamoat transporti harakati to‘xtatiladi. Bundan tashqari, Finlyandiyada mehmonxonalar, restoranlar, banklar, tozalash kompaniyalari, pochta bo‘limlari va yetkazib berish xizmatlari ishlamaydi. Mamlakatning deyarli barcha aeroportlarida havo qatnovi to‘xtatiladi.

Finlyandiya iqtisodchilarining fikricha, ish tashlash natijasida mamlakat 360 million yevro zarar ko‘radi.

Kiritildi: 09:17 01.02.2024. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!