Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore AQShning Grenlandiyani mudofaa maqsadida nazorat qilish zarurligi haqidagi da’volari fonida Daniyani qo‘llab-quvvatladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq The Atlantic nashriga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar "mudofaa maqsadida Grenlandiya ustidan nazorat zarurligini" ta’kidlab, Daniya avtonom hududi bo‘lgan orol "Rossiya va Xitoy kemalari bilan o‘ralgan"ini da’vo qilgan.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bunga javoban Grenlandiya qirollikning bir qismi ekanligini ta’kidlab, Vashingtonni bu kabi tahdidlarni to‘xtatishga chaqirib, orolda Amerika nazoratini o‘rnatish uchun hech qanday asos yo‘qligini ta’kidladi.
"Grenlandiya Daniya Qirolligining ajralmas qismidir. Norvegiya Qirollik bilan to‘liq birdam", - deb yozgan Styore ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O‘z navbatida Stubb Grenlandiya va Daniyadan boshqa hech kim o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishga haqli emasligini ta’kidladi. "Skandinaviyalik do‘stimiz Daniya va Bosh vazir idorasi bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda", deb yozadi u.