Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Finlyandiya Ukraina energetika sektorini tiklash uchun 28,5 mln yevro ajratadi

Finlyandiya Ukraina energetika sektorini tiklash uchun 28,5 mln yevro ajratadi

Finlyandiya Ukraina energetika sektorini tiklash uchun 28,5 million yevro ajratadi. Bu haqda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirli xabar berdi.

"Finlyandiya urush oqibatida zarar ko‘rgan Ukraina energetika sektorini tiklash uchun rivojlanish sohasidagi hamkorlik jamg‘armalaridan qariyb 28,5 million yevro ajratadi", — deyiladi vazirlik xabarida.

Loyihaning qolgan qismini Ukraina mustaqil ravishda moliyalashtiradi. Elektr stansiyalari texnologiyasining umumiy qiymati 46,5 million yevroni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, "Ukrnafta" mamlakatda uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida elektr stansiyalarini xarid qilmoqda.

"Ishonchli energiya ta’minoti, ayniqsa, qish oylarida hayotiy ahamiyatga ega. Rossiyaning energetika infratuzilmasiga zarbalari Ukrainada kundalik hayotni qiyinlashtirmoqda. Elektr stansiyalari Vaasa shahrida ishlab chiqariladi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qiladi", — deyiladi vazirlik bayonotida.

Uskunalar yetkazib beruvchisi sifatida Finlyandiyaning Wärtsilä Finland Oy kompaniyasi tanlangan. Elektr stansiyalarining Vaasada ishlab chiqarilishi Finlyandiyada bandlik, mutaxassislik salohiyati va eksport rivojiga ham hissa qo‘shishi ta’kidlangan.

Kiritildi: 23:57 13.08.2026. O'qildi: 120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!