Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Finlyandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ hisobidan Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib beradi

Finlyandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ hisobidan Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib beradi

Finlyandiya hukumati Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 90 million yevro mablag‘ hisobidan Kiyevni og‘ir o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi, deya xabar bermoqda Yle teleradiokompaniyasi.

"O‘q-dorilar Finlyandiya sanoatidan xarid qilinadi. Shartnoma qiymati 90 million yevroni tashkil etadi. Sotib olish Yevropa Tinchlik Jamg‘armasi orqali muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromad hisobidan moliyalashtiriladi", - deyiladi maqolada. Bo‘lim o‘q-dorilarni yetkazib berish usuli va muddatlarini oshkor etmaydi.

G‘arb mamlakatlaridagi hisob raqamlarida 260 milliard yevrodan oshiq Rossiya aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berish uchun depozitlardan olinadigan foiz daromadidan foydalanishga qaror qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropadagi Rossiya aktivlarining muzlatilishini bir necha bor o‘g‘irlik deb atagan va Yevropa Ittifoqi nafaqat xususiy mablag‘larni, balki Rossiya davlat aktivlarini ham nishonga olganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 16:09 19.05.2025. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!