Misrning Xurgada shahridan Sankt-Peterburgga yo‘l olgan Red Sea Airlines aviakompaniyasi samolyoti dronlar hujumi tufayli Rossiya aeroporti vaqtincha yopilgani sabab Xelsinki aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Finlyandiya chegara xizmati xabar berdi.
Samolyot Xelsinkida yoqilg‘i to‘ldirganidan so‘ng parvozini davom ettirgan.
17 oktyabrga o‘tar kechasi dronlar hujumlari sabab Rossiyaning kamida 12 ta aeroporti faoliyati cheklangan.