Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Finlyandiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Finlyandiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 2025 yil 30-31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bu haqda Finlyandiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

31 oktyabr kuni Aleksandr Stubb Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Ikki davlat rahbarlari Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, geosiyosiy muammolar va ularning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy oqibatlari, Rossiya-Ukraina mojarosi atrofidagi vaziyatni muhokama qiladilar.

Tashrif doirasida Finlyandiya prezidenti biznes-seminarda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qiladi, tashqi siyosat bo‘yicha ekspertlar bilan uchrashadi.

Kiritildi: 16:50 17.10.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!