Evropa hozirda Rossiya-Ukraina kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda vositachi rolini o‘ynamoqda.
Bu haqda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Yle nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Vositachilar ko‘proq: ilgari bu rolni faqat AQSh o‘ynagan bo‘lsa, endi Yevropa ham ishtirok etmoqda. AQSh bu mojaroda vositachilik rolidan voz kechgani yo‘q", - dedi u.
Stubbning aytishicha, muzokaralarda ishtirok etish nuqtai nazaridan Yevropa uchun vaziyat yaxshi va u urushlarni tugatish va kelajakda tinchlik kelishuvi bo‘yicha muhokamalarga qo‘shilishni xohlaydi.