Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Finlyandiya prezidenti 20 aprelni Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish uchun qulay sana deb atadi

Finlyandiya prezidenti 20 aprelni Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish uchun qulay sana deb atadi

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb AQSh prezidenti Donald Trampga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishning mumkin bo‘lgan sanasi sifatida 20 aprel sanasini belgilashni taklif qilganini aytdi.

Finlyandiya rahbarining so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirgan.

"20 aprel hech qanday shartlarsiz to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish uchun qulay vaqt bo‘lardi", dedi Stubb. Uning qayd etishicha, u bu sanani taklif qilgan, chunki Pasxa aynan shu kunda nishonlanadi va bu vaqtga kelib Trampning AQSh prezidenti lavozimidagi muddati roppa-rosa uch oy bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Stubb Floridada Tramp bilan uchrashib, u yerda birga golf o‘ynash vaqtida ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilgan.

Kiritildi: 00:08 31.03.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!