Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya-Ukraina urushini tugatish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qildi.
Bu haqda Stubb o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Suhbat davomida yetakchilar Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyatni ham muhokama qildilar. Finlyandiya prezidenti mintaqaviy mojarolarni hal etishda Turkiyaning muhim rolini qayd etdi.
"Biz tinchlik yo‘lida hamkorlik qilishda davom etamiz", — deya xulosa qildi Finlyandiya rahbari.