Fransiyadagi o‘ng qanot «Patriotlar» partiyasi yetakchisi Florian Filippo prezident Emmanuel Makronning yana quyoshdan himoya ko‘zoynagida jamoatchilik oldida ko‘rinish berganini tanqid qildi.
Filippo ijtimoiy tarmoqda Makronning tashqi ko‘rinishiga ishora qilib, bu uning rafiqasi Brijit Makron bilan bog‘liq holat emasmi, degan mazmunda kinoyali izoh qoldirdi.
Shu bilan birga, u yil boshida Makron taqqan quyoshdan himoya ko‘zoynagini ishlab chiqargan kompaniya bankrot bo‘lganini ham esladi.
Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Makron yil boshidagi bayonotida ko‘zidagi qon tomiri yorilgani sababli ma’lum muddat quyoshdan himoya ko‘zoynagi taqishga majbur bo‘lganini aytgan edi. Bu haqda u Davos forumidagi chiqishi chog‘ida ham ma’lum qilgan.