Filippindagi 6,9 magnitudali zilzila qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, 37 kishi jarohat oldi.
Bu haqda ABS-CBN News xabar bermoqda.
Favqulodda yordam markazi ma’lumotlariga ko‘ra, jasadlar Sebu provinsiyasidagi Bogo shahar kasalxonasiga kelishda davom etmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, San-Remijio munisipalitetida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi qulab tushdi va odamlar vayronalar ostida qolib ketdi. Hozirda qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.