Filippin janubida xususiy samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Samolyot halokati 6-fevral kuni tushdan keyin yirik aholi punktlaridan uzoqda sodir bo‘ldi. Samolyot butunlay qulab tushgan. Filippin axborot agentligi xabar berishicha, mahalliy aholi halok bo‘lganlarning jasadlarini vayronalar ostidan olib chiqishgan.
Aviasiya ma’murlari Beech King Air 350 samolyotining qulashi sabablari va holatlarini tekshirishni boshladilar. Ushbu samolyot 1963-yilda ishlab chiqarila boshlangan kichik umumiy sayohatbop samolyot hisoblanadi.