Filippin janubida bortida olti nafar xorijiy fuqaro bo‘lgan xususiy samolyot quladi.
Bu haqda mahalliy favqulod vaziyatlar boshqarmasi vakili Jomar Kalyedo ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Hozircha samolyot yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari orasida tirik qolganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.