Filippinning markaziy qismidagi vulqon 8 aprel kuni otilishni boshlab, to‘rt ming metrga yaqin balandlikka kul ustunini chiqardi. Bu haqda mahalliy seysmologiya agentligiga tayanib Philippine News Agency xabar bermoqda.
Filippin vulqonshunoslik va seysmologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon otilishi mahalliy vaqt bilan soat 05:51 da yuz bergan.
Mahalliy aholi 2024 yil dekabr oyida, oldingi vulqon otilishi sodir bo‘lganida, xavfli hududdan ko‘chirilgan edi. Kanlaon atrofida avvalroq e’lon qilingan yuqori darajadagi ogohlik holati saqlanib qolmoqda.