Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Filadelfiya prokuraturasi Ilon Maskni "noqonuniy lotereya sxemasi" uchun sudga berdi

A A A
Filadelfiya prokuraturasi Ilon Maskni "noqonuniy lotereya sxemasi" uchun sudga berdi

Da’vo amerikalik milliarderning yetti shtatda tasodifiy tanlangan saylovchilardan biriga kuniga bir million dollar to‘lash tashabbusi bilan bog‘liq.

Filadelfiya okrugi prokurorining qarorida bu zudlik bilan to‘xtatilishi kerak bo‘lgan "noqonuniy lotereya sxemasi" ekanligini hamda Ilon Mask va uning America PAC kompaniyasi tomonidan "saylovchilarning pora bilan og‘dirib olinishi" ekanligini yozilgan.

"Lotereyada batafsil shart va qoidalar yo‘q. Maskning g‘olib tasodifiy tanlab olingani haqidagi da’vosi ishonchli emas, chunki g‘oliblarning barchasi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash mitinglarida qatnashgan", deyiladi qarorida.

Avvalroq Pensilvaniya shtatining demokrat gubernatori Joshua Shapiro huquq-tartibot idoralarini Ilon Mask ustidan tergov boshlashga chaqirgan edi.

Kiritildi: 19:35 29.10.2024. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!