Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFAning 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

FIFAning 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Bugun The Best 2025 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

FIFA "Yilning eng yaxshi" futbolchisi uchun 11 nafar da’vogarlarni e’lon qildi. Yil futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar bilan tanishing: Koul Palmer (Chelsi), Pedri (Barselona), Usmon Dembele (PSJ), Vitinya (PSJ), Lamin Yamal (Barselona), Harri Keyn (Bavariya), Nuno Mendes (PSJ), Ashraf Hakimi (PSJ), Muhammad Saloh (Liverpul), Kilian Mbappe (Real Madrid) va Rafinya (Barselona).

Eslatib o‘tamiz, PSJ hujumchisi Usmon Dembele 2025 yilgi "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan edi. O‘tgan mavsumda u Fransiya ligasi, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, futbolchi parijliklar safida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqqan.

Kiritildi: 10:46 16.12.2025. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!