Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFAdan kutilmagan qaror: JCH-2026 chiptalari narxi ba’zi joylar uchun uch baravargacha oshdi

FIFAdan kutilmagan qaror: JCH-2026 chiptalari narxi ba’zi joylar uchun uch baravargacha oshdi

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga ikki oy qolganda chiptalarning yangi toifasini — Front Category 1 va Front Category 2 ni joriy qildi.

Gap quyi yarusning birinchi qatorlaridagi o‘rindiqlar haqida ketmoqda. Avvalroq bu joylar standart birinchi toifaga kirgan edi, biroq endi ular alohida va ancha qimmatroq narxda sotuvga chiqarildi.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, ayrim o‘yinlar uchun bunday chiptalar narxi oddiy birinchi toifaga nisbatan ikki-uch baravar oshgan. Masalan:

  • AQSh — Turkiya o‘yiniga yangi toifadagi chipta 1000 dollar o‘rniga 2970 dollar etib belgilandi.

  • Argentinaning Jazoir va Avstriyaga qarshi o‘yinlari uchun narx taxminan 770 dollardan 2300 dollargacha ko‘tarildi.

Ko‘pchilik muxlislarning fikricha, FIFA eng yaxshi qatorlarni keyinchalik qimmatroq sotish uchun, avvalroq birinchi toifa chiptasini sotib olganlarga stadionning noqulayroq joylarini (burchaklardan yoki darvoza ortidan) taqsimlab bergan. Yangi toifaning paydo bo‘lishi bu shubhalarni yanada kuchaytirdi.

Bundan avval bunday chiptalar haqida rasman e’lon qilinmagan edi. Chipta sotish portalidagi stadion chizmalari birinchi toifa egalari quyi yarusning istalgan joyidan joy olishi mumkinligi haqida tasavvur uyg‘otgandi. Endi esa eng jozibador joylar alohida premium segmentga ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozircha FIFA nima uchun bu o‘rindiqlar qishda birinchi toifa chiptalarini sotib olganlar o‘rtasida taqsimlanmagani va yana qancha bunday chiptalar sotuvga chiqishi borasida izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: 23:49 11.04.2026. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!