Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

FIFA Toshkentdagi Humo Arena infratuzilmasiga yuqori baho berdi

FIFA Toshkentdagi Humo Arena infratuzilmasiga yuqori baho berdi

FIFA turnirlari direktori Xayme Yarza O‘zbekistonda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha jahon chempionati Markaziy Osiyodagi birinchi FIFA turniri ekanini ta’kidlab o‘tdi.

“FIFA ning futzal bo‘yicha Jahon chempionati - bu nafaqat dunyoning shiddatli sport musobaqasi, balki bu mamlakatingiz tarixida ham muhim voqeadir. Ikkala jamoaga ham, muxlislarga ham bu juda katta imkoniyatdir”, dedi FIFA mansabdori EU Today nashriga bergan intervyusida.

O‘z navbatida, futbol bo‘yicha Olimpiya musobaqalarini nazorat qiluvchi FIFA futzal va plyaj futbolini rivojlantirish bo‘yicha direktor Kasra Xagigi turnirning hal qiluvchi o‘yinlari bo‘lib o‘tgan Humo Arenaning infratuzilma imkoniyatlarini alohida e’tirof qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turnir davomida O‘zbekistondagi hamkasblar va xamkorlar o‘z kasbiy maxoratlarni to‘laqonli namoyon qildilar.

“Bu FIFA ning Markaziy Osiyodagi birinchi tadbiri hisoblanadi va ishonch bilan aytishimiz mumkinki, turnir muvaffaqiyatli o‘tdi. Ob’ektlar, tashabbuskor ko‘ngillilar, transport, turar joy, mashg‘ulot uchun maydonchalar — barchasi yuqori darajada tashkil etildi. Ekspluatasiya nuqtai nazaridan biz yangi do‘stlarimizni faqat maqtashimiz mumkin”.

“Humo Arena majmuasiga birinchi tashrifimizdanoq bu joy bizning barcha talablarimizga javob berishiga shubha qilmagan edik. Bu yer FIFA futzal bo‘yicha Jahon chempionati finali kabi yirik tadbirni o‘tkazish uchun mos bo‘lgan muxtasham manzildir. Muhit va akustika kishini lol qoldiradi. Va, albatta, yakshanba kungi finalda majmua o‘rindiqlarini to‘liq to‘lganligini ta’kidlab o‘tish juda muhim”.

FIFA da Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan ushbu miqyosdagi birinchi turnirning ajoyib muvaffaqiyatini alohida ta’kidlamoqdalar. Matchlarda jami 120 000 dan ortiq muxlislar ishtirok etishgani futzal uchun juda yaxshi ko‘rsatkichdir.

“O‘zbekistondagi mezbonlarimizga ushbu qiziqarli tadbirni tashkil etib, ajoyib meros yaratishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz O‘zbekistonga yana qaytamiz degan katta umid bilan uni tark etmoqdamiz", - deya xulosa qildi Xagigi.

Timofey Smirnov, Enera investisiya va sanoat guruhi bosh direktori shunday fikrni aytib o‘tdi: “Humo Arena boshqaruv kompaniyasi sifatida, biz ohirgi oy davomida FIFA ning musobaqalarini yurtimizda tashkil qilishdan va butun dunyo bo‘ylab futzal muxlislarini e’tiborini tortishdan juda xursandmiz. Biz boshlagan ishimizni davom ettiramiz va barcha tomoshabinlar majmuamizda o‘zlarini qulay his qilishlari va arenamizga tutash hududda O‘zbekiston poytaxti aholisi va mehmonlarining sevimli dam olish maskaniga aylantirish uchun mehnat qilishdan charchamaymiz. Shu bilan birga FIFA bilan hamkorlikni, shu jumladan o‘smir-yoshlar sportini rivojlantirish sohasida faoliyatimizni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”.

Kiritildi: Bugun 11:39. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!