Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

FIFA Ryudiger vaziyati bo‘yicha tergov boshladi

FIFA Ryudiger vaziyati bo‘yicha tergov boshladi

Xalqaro futbol federasiyalari (FIFA) "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerning klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Pachuka"ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida irqchilik bilan haqoratlangani haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.

"O‘yin haqidagi hisobotlar tahlil qilingach, FIFA tartib-intizom qo‘mitasi 22 iyun kuni Sharlottada bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinida "Pachuka" futbolchisi Gustavo Kabral va "Real" futbolchisi Antonio Ryudiger ishtirokidagi voqea yuzasidan tergov boshladi," - deyiladi FIFA rasmiy saytida.

32 yoshli germaniyalik o‘yin oxirida argentinalik bilan janjaldan keyin g‘azablangan va braziliyalik hakam Ramon Abatti Abel bilan voqea haqida gaplashgan. "Pachuka" futbolchisining o‘zi "Real" himoyachisini irqiy sabablarga ko‘ra haqorat qilganini rad etdi: "Hakam irqchilik ishorasini ko‘rsatdi, lekin men unga faqat bir gapni aytdim - qo‘rqoq."

Kiritildi: 10:34 25.06.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!