Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

FIFA Ronalduning klublar o‘rtasidagi JChda o‘ynashini istamoqda

FIFA Ronalduning klublar o‘rtasidagi JChda o‘ynashini istamoqda

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning yaqin yozda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishini istamoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, FIFA tomonidan "bunday yo‘nalishda harakatlar" bo‘lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, «An-Nasr» ushbu musobaqa ishtirokchisi hisoblanmaydi.

Musobaqa AQShda 15 iyundan 13 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistonidan unda «Al-Hilol» jamoasi qatnashadi.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda jami 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:01 10.05.2025. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!