Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

FIFA Prezidenti O‘zbekiston va Ozarbayjonni yirik turnir mezbonligi bilan tabrikladi

FIFA Prezidenti O‘zbekiston va Ozarbayjonni yirik turnir mezbonligi bilan tabrikladi

FIFA Prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekiston va Ozarbayjonni FIFA U-20 Jahon chempionati mezbonligi bilan tabrikladi.

Ushbu ikki futbolsevar mamlakatni Jahon chempionati mezbonligi bilan qutlayman. O‘zbekiston va Ozarbayjon yirik miqyosdagi turnirlarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega. Xususan, O‘zbekiston o‘tgan yili o‘tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etdi, dedi Infantino.

Shuningdek, FIFA rahbari 25-bor o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Mundialni intiqlik bilan kutib qolishini ham qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 23:16 02.10.2025. O'qildi: 1283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!