Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

FIFA "Navbahor"dan transfer taqiqini olib tashladi

FIFA "Navbahor"dan transfer taqiqini olib tashladi

Yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Navbahor" uch bosqichda ish olib borishi lozimligi ta’kidlangandi.

Kecha — 24 iyul kuni FIFA "Navbahor" klubiga nisbatan belgilangan transfer taqiqini olib tashladi. Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze o‘z maoshini vaqtida olmagani ortidan qo‘yilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, klub bu borada o‘z majburiyatini to‘liq bajargan.

Endilikda "Navbahor" o‘zbekistonlik futbolchilar oldidagi majburiyatlarini ado etishga kirishgan. Liga ayni vaqtda mazkur masala qanday davom etayotganiga oydinlik kiritmoqda. Klub va futbolchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Namangan klubi shu yilning 1 iyul sanasiga qadar qarzdorlikni yopishi lozim edi. Mazkur sana viloyat hokimi tomonidan berilgan kafolat xatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, Ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat kiritgan sobiq murabbiy va boshqa mahalliy futbolchilar oldidagi majburiyatlar ham hal qilinishi lozim.

Ma’lumot uchun, 30 iyul kuni O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi yopiladi.

Kiritildi: 15:26 25.07.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!